Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 5 (2026)
RAQOBATBARDOSHLIKNI SHAKLLANTIRISH SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Kosbatirov, Anvar
Аннотация
Ushbu maqolada raqobatbardosh iqtisodiy muhitni shakllantirish sharoitida kichik biznes va tadbirkorliknirivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tadqiq etiladi. Kichik biznesmilliy iqtisodiyotda bandlikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirish, ichki bozorni tovar va xizmatlar bilan to‘ldirish,innovatsion faollikni kuchaytirish hamda hududiy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotdatizimli, taqqoslama, statistik, dinamik tahlil, guruhlash va umumlashtirish usullaridan foydalanildi. Statistik asos sifatidaO‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining kichik biznes va tadbirkorlik bo‘yicha rasmiy ma’lumotlari olindi.Natijalar kichik tadbirkorlik subyektlari bandlikda yuqori ulushni saqlab qolayotganini, biroq YAIMdagi ulushining pasayishikichik biznesni sifat jihatdan rivojlantirish zaruratini kuchaytirayotganini ko‘rsatadi. Maqolada moliyaviy qo‘llab-quvvatlash,innovatsion faollik, institutsional infratuzilma, raqamli texnologiyalar, eksportga yo‘naltirish va hududiy tadbirkorliksalohiyatini oshirish asosiy takomillashtirish yo‘nalishlari sifatida asoslab beriladi.
kichik biznes, tadbirkorlik, raqobatbardoshlik, rivojlanish mexanizmi, institutsional qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy mexanizm, innovatsion faoliyat, biznes muhiti.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.