Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 2 (2026)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INSON KAPITALINI MOLIYALASHTIRISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Axmadaliyeva, Niholaxon
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalarning natijadorligihamda ularning amaldagi holati tahlil qilingan. Tadqiqotda inson kapitalini baholashning zamonaviy yondashuvlari,xususan, Jahon bankining IKI+ metodologiyasi asos qilib olingan. Inson kapitalining samaradorligi sog‘liqni saqlash, ta’limva bandlik ko‘rsatkichlari orqali kompleks baholangan. Tahlil natijalari O‘zbekistonda inson kapitaliga yo‘naltirilayotganresurslar muayyan ijobiy natijalarni shakllantirayotganini, biroq ularning samaradorligini yanada oshirish uchun qo‘shimchaimkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Ayniqsa, ta’lim sifati, oliy ta’lim qamrovi, mehnat bozorida samarali bandlikni ta’minlash,shuningdek, raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish inson kapitaliga yo‘naltirilgan investitsiyalar samaradorligini oshirishningustuvor yo‘nalishlari sifatida baholandi.
inson kapitali, inson kapitaliga investitsiyalar, IKI+, ta’lim sifati, sog‘liq natijalari, bandlik, mehnat bozori, investitsiya samaradorligi, raqamli ko‘nikmalar, O‘zbekiston
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.