Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026)
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YO‘NALISHLARI
Abdullayeva, Zulfiya, Ashurova, Jasmina
Abstract
Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonlarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri hamdaularning rivojlanish istiqbollari tahlil qilingan. Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishibiznes yuritish usullarini yangilab, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratmoqda. Tadqiqotdaelektron tijorat, raqamli marketing, elektron to‘lov tizimlari va platformaviy iqtisodiyotning kichik biznes samaradorligiga ta’sirio‘rganildi. Shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi hamda uning iqtisodiy natijalarga ta’siri qiyosiy tahlilasosida baholandi. Tadqiqot natijalari raqamli muhitda faoliyat yuritayotgan korxonalarning bozordagi moslashuvchanligiva raqobatbardoshligi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, raqamli vositalar xarajatlarni optimallashtirish,mijozlar bazasini kengaytirish va xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi aniqlandi. Maqola yakunida kichik biznesniraqamlashtirishni jadallashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
raqamli transformatsiya, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, elektron tijorat, raqamli platforma, innovatsion rivojlanish, onlayn marketing, raqamli to‘lov tizimi, biznes modeli, iqtisodiy samaradorlik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.