Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026)
JISMONIY SHAXSLAR DAROMADLARINI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMI VA XALQARO TAJRIBALAR QIYOSIY TAHLILI
G‘afforov, Kamronbek
Abstract
Ushbu maqolada jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish mexanizmining nazariy-metodologikasoslari, iqtisodiy mohiyati hamda uning zamonaviy soliq tizimidagi o‘rni ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasidaO‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining amaldagi mexanizmi, uni hisoblash vaundirish tartibi, soliq imtiyozlari hamda soliq ma’murchiligi amaliyoti tahlil qilingan. Shuningdek, AQSh, Germaniya, RossiyaFederatsiyasi va ayrim Osiyo davlatlarida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlariqiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan progressiv va proporsional soliqqatortish modellari, soliq stavkalari hamda daromadlarni qayta taqsimlash mexanizmlarining samaradorligi baholangan.Olib borilgan tahlillar asosida jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish, soliq ma’murchiligisamaradorligini oshirish va xalqaro tajribaning ilg‘or jihatlarini soliq amaliyotiga qo‘llash yuzasidan ilmiy asoslangan taklifva tavsiyalar ishlab chiqilgan.
jismoniy shaxslar daromad solig‘i, soliqqa tortish mexanizmi, soliq ma’murchiligi, soliq siyosati, progressiv soliqqa tortish, proporsional soliqqa tortish, soliq imtiyozlari, xalqaro tajriba, qiyosiy tahlil, soliq tizimi, fiskal siyosat
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.