Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-нөмір (2026)
QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA MARKETING FAOLIYATINI BOSHQARISHDA BRENDING TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Uzakova, Umida
Аңдатпа
Maqolada qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda marketing faoliyatini boshqarishdabrending texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi tadqiq etilgan. Brend kapitalining mijozga asoslangan modelisanoat bozori sharoitlariga moslashtirilgan hamda brending vositalarining marketing natijalariga ta’siri baholangan.Tadqiqotda brend identifikatsiyasi, pozitsiyalashtirish, sifat sertifikatlari, ingredient-brending, raqamli kommunikatsiyava mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish vositalari tahlil qilingan. Ilmiy manbalar va tasdiqlangan bozor ma’lumotlariasosida brendingning iqtisodiy, bozor va strategik samaradorligi asoslab berilgan. Natijalar brending texnologiyalarimahsulotning qo‘shimcha qiymatini oshirish, mijozlar ishonchini mustahkamlash, bozor ulushini kengaytirish hamdaeksport salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan yondashuv korxonalarninguzoq muddatli raqobatbardoshligini yanada kuchaytirish va barqaror rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi
brending, brend kapitali, marketing boshqaruvi, qurilish materiallari sanoati, ingredient-brending, raqamli kommunikatsiya, eksport salohiyati, raqobatbardoshlik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.