Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-нөмір (2026)
SUD BOSHQARUVCHILARI FAOLIYATINING IQTISODIY RAGʻBATLANTIRISH TIZIMI VA ULARNING SUBSIDIAR JAVOBGARLIGI: MUAMMOLAR VA TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
Soliyev, Damirjon
Аңдатпа
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida sud boshqaruvchilari faoliyatini iqtisodiy rag‘batlantirishtizimi va ularning javobgarligi instituti yagona rag‘batlar arxitekturasining o‘zaro bog‘liq ikki elementi sifatidatadqiq etilgan. Tahlil amaldagi normativ baza — “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonunning 25, 26, 59va 69–77-moddalari[1], Oliy sud Plenumining 2025-yil 23-iyundagi qarori[2], Vazirlar Mahkamasining 765-sonqarori[3] — hamda 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmon[4] va PQ-172-son Qaror[5] bilan boshlangan tubislohotlar materiallariga asoslanadi. Prinsipal–agent modeli yordamida haq to‘lashning natijaga bog‘lanmagantuzilmasi sanatsiya samaradorligi pastligining (besh yilda 68 ta sanatsiya, 7 tasi muvaffaqiyatli) institutsionalomillaridan biri ekani asoslangan. Islohotlarning iqtisodiy yangiliklari — haqning bazaviy va KPIga bog‘liqqismlarga ajratilishi, boshqaruvchilarni inson omilisiz tasodifiy elektron tanlash, Sud boshqaruvchilaripalatasi negizidagi o‘zini o‘zi boshqarish, sudgacha sanatsiyani foizlar bo‘yicha moratoriy, soliq kechiktirishva davlat kafilligi vositalari bilan qo‘llab-quvvatlash — baholangan hamda ularni amalga oshirishdagi xavflarva qo‘shimcha takliflar ko‘rsatilgan. Subsidiar javobgarlik Plenum tushuntirishlari asosida aybga asoslanganjavobgarlik sifatida ochib berilgan
sud boshqaruvchisi, haq to‘lash (mukofot), KPI, iqtisodiy rag‘batlantirish, subsidiar javobgarlik, ayb, Sud boshqaruvchilari palatasi, To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi, sudgacha sanatsiya, yagona elektron platforma
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.