Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026)
YASHIL IQTISODIYOTNING O‘ZBEKISTON EKSPORT RAQOBATBARDOSHLIGIGA TA’SIRI: IMKONIYATLAR VA CBAM BILAN BOG‘LIQ CHAQIRIQLAR
Djurayeva, Rano, To‘xliyeva, Gulrux
Abstract
Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning nazariy asoslari, uning shakllanish bosqichlari hamdaxalqaro raqobatbardoshlikni oshirishdagi roli tahlil qilingan. Jahon iqtisodiyoti miqyosida ekologik barqarorlikkao‘tish xalqaro raqobatbardoshlik va eksport samaradorligini belgilovchi omillarni tubdan o‘zgartirmoqda.Tadqiqotda O‘zbekiston sharoitida yashil iqtisodiyotning xalqaro raqobatbardoshlikni oshirish va eksportningbarqaror rivojlanishiga ta’siri baholangan. Carbon Border Adjustment Mechanism (CBAM) kabi yangi mexanizmlarsharoitida O‘zbekiston eksportchilari uchun yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar, mavjud muammolar va ularnibartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya misolida yashil siyosatning eksportko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari yashil texnologiyalar va past uglerodli ishlab chiqarishstrategiyalarini joriy etgan davlatlar xalqaro bozorda raqobatbardoshlikni sezilarli darajada oshirayotganiniko‘rsatadi. O‘zbekiston uchun mazkur jarayon nafaqat imkoniyat, balki strategik zarurat bo‘lib, CBAM ta’sirigatushuvchi metallurgiya, kimyo va to‘qimachilik tarmoqlarida eksport salohiyatini saqlash va kengaytirish uchunyashil transformatsiyani jadallashtirish zarurligi asoslab berilgan
yashil iqtisodiyot, yashil o‘sish, barqaror rivojlanish, xalqaro raqobatbardoshlik, eksport salohiyati, ekologik barqarorlik, innovatsiyalar, CBAM, karbon izi, yashil texnologiyalar, ekologik standartlar
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.