Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-сан (2026)
O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Aktamov, Olimjon
Аннотация
O‘zbekistonda agroturizmni rivojlantirish istiqbollari xalqaro ilmiy adabiyotlar, Scopus vaWeb of Science bazalarida indekslangan manbalar hamda 2020-2024-yillardagi statistik ko‘rsatkichlar asosidatahlil qilingan. Tadqiqot aralash metodologiya, ya’ni miqdoriy va sifat yondashuvlari negizida amalga oshirilgan.Global agroturizm bozori hajmi 2024-yilda 88,5 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, 2030-yilga qadar 141mlrd dollarga yetishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekistonda sohaning dastlabki rivojlanish bosqichi shakllanganbo‘lib, 2024-yilda mamlakatga 7,96 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan va turizm xizmatlari eksporti 3,52 mlrdAQSh dollariga yetgan. Shu bilan birga, qishloq hududlari va agroturizm yo‘nalishlarining mavjud salohiyatidanto‘liq foydalanilmayotgani kuzatiladi. Tadqiqot davomida ushbu holatning omillari aniqlanib, SWOT tahliliasosida tegishli xulosalar ishlab chiqilgan.
agroturizm, qishloq turizmi, O‘zbekiston, barqaror rivojlanish, iqtisodiy diversifikatsiya, hududiy rivojlanish, farm tourism, Uzbekistan-2030.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.