Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026)
MINTAQA IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA TIBBIY TURIZM RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Yusupova, Mehribon
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda tibbiy turizm raqobatbardoshligini oshiruvchiomillar tahlil qilindi. Tadqiqot davomida global tibbiy turizm bozori rivojlanish tendensiyalari, Oʻzbekistonningushbu bozordagi oʻrni hamda xorijiy bemorlar oqimining dinamikasi oʻrganildi. Tibbiy turizm indeksiningmetodologik yondashuvlari asosida raqobatbardoshlikni shakllantiruvchi asosiy omillar - xizmat sifati, xalqaroakkreditatsiya, narx ustunligi, infratuzilma, raqamli marketing, kadrlar salohiyati va institutsional qoʻllabquvvatlashtizimlashtirildi. Tahlil natijalari mazkur omillar bemorlar oqimi, eksport daromadlari, investitsiyalarva bandlik koʻrsatkichlariga ijobiy taʼsir koʻrsatganini tasdiqladi. Tadqiqot yakunida tibbiy turizm salohiyatidansamarali foydalanish hamda hududlar iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlabchiqildi.
tibbiy turizm, raqobatbardoshlik, mintaqa iqtisodiyoti, tibbiy xizmat sifati, xalqaro akkreditatsiya, infratuzilma, eksport xizmatlari, sogʻliqni saqlash, turizm
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.