Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 6 (2026)
TOSHKENTDA KICHIK BIZNES KORXONALARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI: LOGIT VA PROBIT MODELLARI ASOSIDA EMPIRIK TAHLIL
Ibragimov, Hasan, Mannonov, Shahzod, Qulmanov, Toshmurod
Аннотатсия
Ushbu tadqiqot Toshkent shahridagi kichik biznes korxonalarida raqamli texnologiyalardan foydalanishsamaradorligini empirik jihatdan baholaydi. 2024-yil mart–dekabr oylarida tabaqalashtirilgan tasodifiy tanlanma usuliorqali 846 ta kichik biznes egasidan yig‘ilgan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida Stata 17 dasturida logit va probit modellariqo‘llanildi. Maksimal ehtimollik (MLE) usuli bilan baholangan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim darajasi (βlogit = 0,782; p< 0,01), raqamli savodxonlik (βlogit = 0,651; p < 0,01), moliyaviy imkoniyat (βlogit = 0,934; p < 0,01) va internet tezligi(βlogit = 0,423; p < 0,01) raqamli texnologiyalarni qabul qilish ehtimolligini sezilarli darajada oshiradi, yosh esa salbiyta’sir ko‘rsatadi (βlogit = −0,134; p < 0,05). O‘rtacha marginal effektlar (AME) tahlilida ta’lim darajasi bir pog‘ona oshgandaraqamli texnologiyalarni qabul qilish ehtimolligi 14,23 foizga ortishi aniqlandi. Logit modeli uchun McFadden R² = 0,347,AUROC = 0,873 va to‘g‘ri klassifikatsiya ko‘rsatkichi 80,1 foizni tashkil etadi. Hosmer–Lemeshow testi (χ²(8) = 8,34; p= 0,402) modelning ma’lumotlarga mos kelishini tasdiqlaydi. Logit va probit modellari deyarli bir xil marginal effektlarniberdi (AIC farqi < 1), bu esa natijalarning ishonchliligini kuchaytiradi. Tadqiqot kichik biznesda raqamlashtirish siyosatinishakllantirish uchun faktga asoslangan tavsiyalar taqdim etadi.
raqamli texnologiyalar; kichik biznes; logit modeli; probit modeli; marginal effektlar; Toshkent; Stata 17
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.