Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026)
HUDUD EKSPORTINING XOM ASHYOGA BOGʻLIQLIGI: MOLIYAVIY OQIBATLAR VA BARTARAF ETISH YOʻLLARI (QASHQADARYO VILOYATI MISOLIDA)
Norturayev, Mansurbek
Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda hududiy iqtisodiyot eksport tarkibining xom ashyo va birlamchi qaytaishlangan mahsulotlarga bogʻliqligi muammosi Qashqadaryo viloyati 2024—2025-yillar rasmiy yillik statistikmaʼlumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda viloyat eksport tarkibida sodir boʻlgan strukturaviy oʻzgarishlarbaholanib, sanoat tovarlari (asosan toʻqimachilik xom ashyosi) ulushining keskin pasayishi (42,1 foizdan 27,0foizga), oziq-ovqat mahsulotlari ulushining sezilarli oʻsishi (14,0 foizdan 25,2 foizga) hamda mashinalar vatransport asbob-uskunalari ulushining 7,1 marotaba koʻpayishi rasmiy maʼlumotlar asosida asoslangan. Eksportbozorlarining geografik konsentratsiyasi Herfindahl-Hirschman indeksi (HHI) yordamida baholanib, valyutatushumlari barqarorligiga taʼsir qiluvchi tizimli xavf-xatarlar aniqlangan. Xom ashyoga bogʻliqlikni bartarafetishning moliyaviy mexanizmlari boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
hudud eksporti, xom ashyoga bogʻliqlik, eksport tuzilmasi, qiymat qoʻshilgan mahsulot, valyuta tushumlari, geografik konsentratsiya, eksportni moliyalashtirish, Qashqadaryo viloyati
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.