Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 (2026)
KIMYO SANOATI KORXONALARINING IQTISODIY SAMARADORLIGI VA UNI OSHIRISHNING MAKRO DARAJADAGI TAHLILI
Suyarov, Shahzod
Abstract
Mazkur tezisda kimyo sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish masalalarimakroiqtisodiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Unda jahon va O‘zbekiston kimyo sanoatida kuzatilayotganrivojlanish tendensiyalari, tarmoqning yuqori resurs va energiya sig‘imi, eksport-import nisbati, raqobatbardoshlikhamda investitsion faollikka ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Shuningdek, iqtisodiy samaradorlikka ta’sir etuvchiishlab chiqarish, moliyaviy, resurs, innovatsion va boshqaruv omillari tizimli baholanib, ularni takomillashtirishbo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar asoslangan. Tezisda kimyo sanoati korxonalarida energiya tejamkor texnologiyalarnijoriy etish, xarajatlarni optimallashtirish, raqamlashtirishni kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarishlab chiqarishni rag‘batlantirish iqtisodiy samaradorlikni oshirishning muhim omillari sifatida ko‘rsatilgan.
kimyo sanoati, iqtisodiy samaradorlik, makroiqtisodiy tahlil, resurs samaradorligi, energiya sig‘imi, raqobatbardoshlik, innovatsiya, raqamlashtirish, investitsiya, “Navoiyazot” AJ.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.