Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 6 (2026)
MHXS VA XUSUSIY SEKTOR KREDITLARI: MAMLAKATLARARO EMPIRIK TAHLIL
Matkarimov, Davronbek
Аннотация
Mazkur maqolada Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablari bilan xususiysektor kreditlari o‘rtasidagi mamlakatlararo bog‘liqlik o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida 186 ta mamlakat va yurisdiksiyabo‘yicha tahliliy ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. Bog‘liq ko‘rsatkich sifatida Jahon bankining Jahon taraqqiyotiko‘rsatkichlari bazasidagi “xususiy sektorga ajratilgan ichki kreditlar, yalpi ichki mahsulotga nisbatan foizda” indikatoriolingan [1]. Mustaqil ko‘rsatkich sifatida esa mamlakatda ommaviy yoki listingdagi kompaniyalar uchun MHXSasosida moliyaviy hisobot tayyorlash talabi mavjudligi ikkilik ko‘rsatkich orqali ifodalangan [2; 3]. 2025-yil bo‘yichamazkur kredit ko‘rsatkichining to‘liq rasmiy ma’lumotlari hali mavjud emasligi sababli tahlilda 2024-yilgacha mavjudbo‘lgan eng so‘nggi qiymatlardan foydalanilgan [1]. Oddiy eng kichik kvadratlar usuliga asoslangan model natijalarigako‘ra, MHXS talabi mavjud bo‘lgan mamlakatlarda xususiy sektor kreditlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushio‘rtacha yuqoriroq ekani aniqlangan. Shu bilan birga, olingan natijalar sabab-oqibat munosabatini to‘liq isbotlamaydi.MHXSning kredit bozoriga ta’siri moliyaviy hisobot sifati, audit ishonchliligi, axborotlarni ochib berish madaniyati,bank risk-menejmenti hamda institutsional muhit bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi
MHXS, moliyaviy hisobot, xususiy sektor kreditlari, kredit bozori, axborot asimmetriyasi, mamlakatlararo tahlil, ekonometrik model
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.