Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Ҷилди 4 № 2 (2026)
DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK ASOSIDA INFRATUZILMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH TARTIBI
Shodiyev, Akmal
Аннотатсия
Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) asosida infratuzilma loyihalarinimoliyalashtirish mexanizmlari, ularning iqtisodiy ahamiyati hamda rivojlanish istiqbollari ilmiy jihatdan tahlilqilingan. Zamonaviy global iqtisodiy sharoitda davlatlarning ichki iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish,infratuzilmani modernizatsiya qilish va investitsiyaviy faollikni oshirish zarurati tobora ortib borayotganiasoslab berilgan. Maqolada rivojlanayotgan mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda DXSh asosidainfratuzilma loyihalarini moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlariva huquqiy asoslari yoritilgan. Shuningdek, davlat kafolatlari, subsidiyalar, grantlar, investitsiyalar va boshqamoliyaviy instrumentlarning infratuzilma loyihalarini samarali amalga oshirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqotdavomida DXSh loyihalarining asosiy shartnoma shakllari, jumladan, konsessiya, ijara, lizing, mahsulottaqsimoti bitimlari va boshqa shartnoma modellari ko‘rib chiqilib, ularning amaliy qo‘llanish xususiyatlari ilmiyasoslangan. Bundan tashqari, davlat-xususiy sheriklik va korporativ ijtimoiy mas’uliyat o‘rtasidagi o‘zarobog‘liqlik, ularning umumiy va farqli jihatlari tahlil qilinib, iqtisodiy hamda ijtimoiy samaradorlikka ijobiy ta’siribaholangan. Maqolada O‘zbekistonda DXSh mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularni keng joriy etish,shaffoflikni oshirish hamda raqamli iqtisodiyot sharoitida samarali boshqaruv tizimlarini rivojlantirish bo‘yichataklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
davlat-xususiy sheriklik, infratuzilma loyihalari, moliyalashtirish mexanizmlari, investitsiyalar, konsessiya, ijara modeli, lizing, korporativ ijtimoiy mas’uliyat, iqtisodiy o‘sish, davlat kafolatlari, subsidiya, grantlar, raqamli iqtisodiyot, investitsiya siyosati
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.