Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026)
YASHIL INVESTITSIYALARNING NAZARIYUSLUBIY ASOSLARI: TUSHUNCHA, EVOLYUTSIYA VA TASNIF MASALALARI
Xursandov, Komiljon
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada yashil investitsiyalar tushunchasining nazariy-uslubiy asoslari, uningiqtisodiy mohiyati, evolyutsion rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy fanda shakllangan turli yondashuvlartizimli tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda xorijiy, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va mahalliyolimlarning yashil investitsiyalar tushunchasiga bergan ta’riflari qiyosiy tahlil qilingan hamda ularning umumiyva o‘ziga xos jihatlari aniqlangan. Maqola doirasida yashil investitsiyalarning ajralib turuvchi belgilari, tasnifi,rivojlantirish tamoyillari va ularni tartibga soluvchi xalqaro standartlar hamda taksonomiyalar tizimli ravishdayoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashil investitsiyalar tushunchasi yagona universal ta’rifga ega emas,biroq barcha yondashuvlarni umumlashtirish asosida muallif tomonidan yangi, kompleks ta’rif ishlab chiqilgan.Shuningdek, mazkur nazariy asoslarni O‘zbekiston sharoitida amaliyotga tatbiq etishning institutsional vametodologik istiqbollari belgilangan
yashil investitsiyalar, yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik investitsiyalar, uglerod neytralligi, yashil moliyalashtirish, investitsiya nazariyasi, yashil taksonomiya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.