Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 6-son (2026)
EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH ASOSIDA TEMIR YO‘L TRANSPORTI IQTISODIY FAOLIYATINI PROGNOZLASH: 2030-YILGACHA SSENARIY TAHLILI.
Fayzullayev, Javlonbek
Annotatsiya
Mazkur maqolada “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2010–2023-yillar statistik maʼlumotlariasosida temir yo‘l transporti iqtisodiy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini ekonometrik modellashtirish va2030-yilgacha prognozlash uslubiyati ishlab chiqilgan. Operatsion tushumlar, investitsiya hajmi, tranzittashuvlar, asosiy fondlar va mahalliy yuk tashish hajmlari ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchiko‘p omilli OLS regressiya modeli tuzilgan. Statsionarlik tekshiruvi uchun Dickey-Fuller testi, vaqtli qatorlaruchun ARIMA(2,1,2) va ARIMA(1,2,2) modellari, tranzit va mahalliy yuklar uchun eksponensial trend modellariqo‘llanilgan. Prognoz natijalariga ko‘ra, 2023-yildagi 12 085,5 mlrd so‘mlik tushum 2030-yilga kelib 23 250,9mlrd so‘mga, mahalliy tashilgan yuklar esa 65,5 mln tonnadan 84,7 mln tonnaga yetishi kutilmoqda.
ekonometrik model, ARIMA, OLS regressiya, prognozlash, temir yo‘l transporti, operatsion tushum, investitsiyalar, Dickey-Fuller testi, ssenariy tahlili.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.