Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-нөмір (2026)
O‘ZBEKISTONDA ISH BERUVCHINING FUQAROLIK JAVOBGARLIGINI MAJBURIY SUG‘URTA QILISH AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
Karimberdiyeva, Dilrabo
Аңдатпа
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtaqilish amaliyotining iqtisodiy, huquqiy va institutsional jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda normativ-huquqiytahlil, tizimli va qiyosiy tahlil, statistik guruhlash hamda dinamik taqqoslash usullaridan foydalanilgan. Tahlilnatijalariga ko‘ra, 2024–2025-yillarda ish beruvchining fuqarolik javobgarligi va unga bog‘liq annuitet sug‘urtasibo‘yicha jami sug‘urta mukofotlari 296,7 mlrd so‘mdan 351,5 mlrd so‘mga, sug‘urta to‘lovlari esa 145,3 mlrdso‘mdan 155,7 mlrd so‘mga oshgan. Shu bilan birga, zarar koeffitsiyenti 49,0 foizdan 44,3 foizgacha pasaygan.Tadqiqotda amaldagi tarif tizimi ish beruvchining individual zararlar tarixi, mehnat xavfsizligi holati va preventivinvestitsiyalarini yetarli darajada hisobga olmasligi aniqlangan. Sug‘urta tariflariga bonus-malus mexanizmini joriyetish, davlat organlari va sug‘urta tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish, sug‘urta qoplamasiningijtimoiy yetarliligini oshirish hamda sug‘urtalovchilarning preventiv funksiyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflarishlab chiqilgan.
ish beruvchining fuqarolik javobgarligi, majburiy sug‘urta, mehnatni muhofaza qilish, kasbiy tavakkalchilik, sug‘urta mukofoti, sug‘urta tovoni, zarar koeffitsiyenti, annuitet sug‘urtasi, bonus-malus tizimi, raqamlashtirish.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.