Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026)
O‘ZBEKISTONDA UY-JOY QURILISHI KLASTERLARINI SHAKLLANTIRISH VA TARMOQNI 2032-YILGACHA RIVOJLANTIRISHNI PROGNOZLASH
Usmonov, Mirumar
Abstract
O‘zbekistonda uy-joy qurilishini hududiy klasterlar asosida rivojlantirish hamda tarmoqning2032-yilgacha bo‘lgan istiqbolli parametrlarini prognozlashning nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan.Uy-joy qurilishi alohida bino barpo etish jarayoni sifatida emas, balki hududiy rejalashtirish, moliyalashtirish,loyihalash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, texnik nazorat vasertifikatlash, foydalanishga topshirish hamda ekspluatatsiya bosqichlarini qamrab oluvchi kompleks iqtisodiytizim sifatida talqin etilgan. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, dinamik qatorlar tahlili, omilli va SWOT-tahlil,ekspert baholash, korrelyatsion-regression tahlil, iqtisodiy-matematik modellashtirish, prognozlash hamdaehtimoliy-adaptiv yondashuvlardan foydalanilgan. Hududiy uy-joy qurilishi klasterining xomashyo qazib oluvchikorxonalar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, loyiha va pudrat tashkilotlari, bank-moliya institutlari,davlat organlari, ilmiy muassasalar, logistika va servis kompaniyalari hamda iste’molchilardan iborat modeliasoslab berilgan. Klasterlash transport va tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, mahalliylashtirish darajasinioshirish, innovatsiyalarni tezkor joriy etish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymatningasosiy qismini hududda saqlab qolishga xizmat qilishi asoslangan. Shuningdek, 2032-yilgacha ishlab chiqilganprognoz ko‘rsatkichlarining ishlab chiqarish quvvatlari, investitsiya dasturlari va qurilish materiallariga bo‘lgantalabni rejalashtirishdagi amaliy ahamiyati yoritilgan
uy-joy qurilishi, hududiy klaster, qo‘shilgan qiymat zanjiri, davlat-xususiy sheriklik, urbanizatsiya, qurilish materiallari, ekonometrik prognozlash, hududiy rivojlanish
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.