Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 6 (2026)
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASINING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Madenova, Elmira
Аннотация
Maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasini barqaror rivojlantirish metodologiyasiningustuvor yoʻnalishlari nazariy va amaliy jihatdan koʻrib chiqildi. Mintaqaning hududiy salohiyati, Orol dengizi bilanbogʻliq ekologik muammolar natijasida yuzaga kelgan cheklovlar va davlat siyosatining institutsional asoslarioʻrganildi. Barqaror rivojlanishning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oʻlchovlari yagona uslubiy tizimga birlashtirildi.Davlat dasturlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi hamda koʻp tomonlamatrast jamgʻarmasi faoliyati orqali erishilgan tasdiqlangan natijalar umumlashtirildi. Koʻkalamzorlashtirish, insonxavfsizligini taʼminlash va innovatsion-texnologik salohiyatni mustahkamlash yoʻnalishlari ajratib koʻrsatildi.Metodologiyaning integratsiyalashgan monitoring tamoyiliga tayanishi zarurligi asoslandi. Olingan xulosalarmintaqaviy iqtisodiy siyosatni takomillashtirishga xizmat qildi va aniq amaliy tavsiyalar shakllantirildi
barqaror rivojlanish; Qoraqalpogʻiston; ustuvor yoʻnalishlar; integratsiyalashgan monitoring; ekologik barqarorlik; Orolboʻyi; mintaqaviy iqtisodiyot
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.