Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 6 (2026)
TURIZM SANOATINI RIVOJLANTIRISHDA LOYIHAVIY BOSHQARUV MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Qarshiboyev, Lochinbek
Abstract
Ushbu maqolada turizm sanoatini rivojlantirishda loyihaviy boshqaruv (project management)mexanizmlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi — turizminfratuzilmasini rivojlantirishda loyihaviy yondashuvni joriy etish samaradorligini baholash hamda boshqaruvmexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotdastatistik tahlil, dinamik qatorlar usuli, chiziqli regressiya tahlili va qiyosiy tahlil metodlari qo‘llanildi. O‘zbekistonRespublikasida 2017–2025-yillarda xorijiy sayyohlar oqimi, turizm xizmatlari eksporti va turizm subyektlari sonidinamikasi tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, loyihaviy boshqaruv tizimini joriy etish turizm obyektlarinirejalashtirish, moliyalashtirish va monitoring qilish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi hamda tiklanishdavrida sayyohlar oqimining yuqori barqarorligini ta’minlaydi (R² = 0,964). Qiyosiy tahlil natijalari loyihaviyboshqaruvning rejalashtirish va sifat sohalarida ilgarilab borayotganini, biroq risklarni boshqarish va real vaqtmonitoringi bo‘g‘inlari yetarlicha rivojlanmaganini ko‘rsatdi. Tahlil asosida «manzil — loyiha — infratuzilma —tadbirkor — targ‘ibot — sayyoh» zanjiri bo‘yicha integratsiyalashgan loyihaviy boshqaruv modeli, loyiha ofisiningmuvofiqlashtiruvchi roli kuchaytirilishi va asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosidagi raqamli monitoringtizimini joriy etish taklif etildi. Maqola natijalari turizm sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, hududiyturizm dasturlarini ishlab chiqish va keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega
turizm sanoati, loyihaviy boshqaruv, loyiha ofisi, turizm infratuzilmasi, master-reja, davlat boshqaruvi, sayyohlar oqimi, regressiya tahlili, turizm klasteri, xizmatlar eksporti, barqaror turizm, investitsiya, monitoring, raqamlashtirish, samaradorlik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.