Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 6-нөмір (2026)
O‘ZBEKISTON FERMERLARINING XALQARO BOZORLARGA KIRISHINI KENGAYTIRISHDA EKSPORT KOOPERATSIYALARIDA ISHTIROK ETISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI MARJINAL BAHOLASH
Tursunqulov, G‘olibjon
Аңдатпа
Mazkur maqolada O‘zbekiston fermer xo‘jaliklarining eksport kooperatsiyalarida ishtirok etishiga ta’siretuvchi omillar Samarqand viloyatida o‘tkazilgan so‘rovnoma (n=85) ma’lumotlari asosida baholangan. Tadqiqotda Probitmodeli qo‘llanilib, har bir omilning o‘rtacha marjinal effekti (Average Marginal Effect – AME) hisoblangan, natijalarningbarqarorligi Logit modeli orqali tekshirilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, eksport tajribasi, treninglarda qatnashish, zamonaviytexnologiyalardan foydalanish, xalqaro sertifikatga egalik, bozor axboroti, kredit va logistika xizmatlaridan foydalanishfermerlarning eksport kooperatsiyalarida ishtirok etish ehtimolini statistik jihatdan ishonchli ravishda oshiradi. Fermerrahbarining yoshi va asosiy bozorgacha masofa esa salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Olingan natijalar fermerlarning innovatsionsalohiyatini oshirish, moliyaviy resurslar va eksport infratuzilmasiga kirishni kengaytirish kooperatsiyalarni rivojlantirishningustuvor yo‘nalishlari ekanligini ko‘rsatadi.
eksport kooperatsiyasi, fermer xo‘jaligi, xalqaro bozor, Probit modeli, o‘rtacha marjinal effekt (AME), Logit model, Samarqand viloyati, eksport salohiyati
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.