Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild (2026)
YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASH
M. M. Abdurahmanova
Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarining yashil iqtisodiyot sharoitidagi raqobatbardoshliginimarketing konsepsiyalari asosida baholashga doir yondashuvlar o‘rganilgan. Unda banklarning ekologikloyihalar va yashil texnologiyalarni moliyalashtirish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy barqarorliknita’minlash hamda iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashdagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan.Shuningdek, maqolada banklar tomonidan yashil kreditlar va yashil obligatsiyalar orqali ekologiktashabbuslarni moliyalashtirish, barqaror rivojlanish hisobotlarini tayyorlash, xalqaro moliyaviy hamkorliknirivojlantirish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilingan.
yashil iqtisodiyot, tijorat banklari, raqobatbardoshlik, yashil loyihalar, moliyalashtirish, yashil kreditlar, yashil obligatsiyalar, ekologik barqarorlik, ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy barqarorlik, innovatsion texnologiyalar, yashil texnologiyalar, raqamli moliyalashtirish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.