Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 3-том 12-нөмір (2025)
BALIQCHILIK KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLARNI MODELLASHTIRISH VA ULARNING IQTISODIY MATEMATIK TAHLILI
Shodiyev, Aslam
Аңдатпа
Maqolada baliqchilik korxonalarida mahsulot tannarxiga ta’sir etuvchi omillarni modellashtirishva ularning iqtisodiy-matematik tahlili masalalari ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan ozuqa konversiyasi, ozuqa narxi,elektr energiyasi sarfi, mehnat unumdorligi, havza mahsuldorligi, tirik qolish darajasi, o‘stirish muddati, baliq turi vatexnologiya turi kabi omillar asosida ko‘p omilli regressiya modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqot «O‘zbekbaliqsanoat»uyushmasi tarkibidagi beshta korxonaning 2019–2024-yillardagi 30 ta kuzatuv ma’lumotiga asoslangan. Model sifatiR² = 0,847; F = 12,30 (p < 0,001); Durbin–Watson DW = 1,92 ko‘rsatkichlari orqali baholangan. Tadqiqot natijalariasosida tannarxni pasaytirish bo‘yicha to‘rtta strategik yo‘nalish asoslangan: ozuqa konversiyasini yaxshilash,vertikal integratsiyani rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish hamda intensiv texnologiyalarni keng joriy etish.Kompleks yondashuv asosida mahsulot tannarxini bosqichma-bosqich pasaytirish, ehtiyotkor baholashlarga ko‘ra,30–45 foizgacha iqtisodiy samara berishi mumkinligi asoslab berilgan
baliqchilik, mahsulot tannarxi, ko‘p omilli regressiya, ekonometrik model, FCR, boshqaruv hisobi, akvakultura, O‘zbekiston
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.