Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 7 (2026) · pp. 218-228
OROLBO‘YI HUDUDLARINING IJTIMOIYIQTISODIY SALOHIYATINI KOMPLEKS BAHOLASH VA USTUVOR RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI
Dosnazarov, Kallibek
Abstract
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Orolbo‘yi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatikompleks iqtisodiy-statistik tahlil asosida baholangan. Tadqiqotning maqsadi Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq va Qonliko‘ltumanlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi hamda iqtisodiy ixtisoslashuvini qiyosiy baholashdan iborat.Tadqiqotda iqtisodiy-statistik, qiyosiy, tizimli va kompleks tahlil usullaridan foydalanilgan. Tahlil natijalari harbir tumanning iqtisodiy rivojlanishi uning resurs salohiyati, tarmoq ixtisoslashuvi va investitsion faolligi bilanbelgilanishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar asosida hududlarni differensial rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariilmiy jihatdan asoslandi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, investitsiyaviy jozibadorliknioshirish hamda mahalliy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.Tadqiqotning ilmiy yangiligi Orolbo‘yi hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini kompleks qiyosiy baholashhamda ularning iqtisodiy ixtisoslashuviga mos ustuvor rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asoslash bilan tavsiflanadi.Olingan natijalar hududlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasini takomillashtirishda muhimilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Orolbo‘yi hududlari, ijtimoiy-iqtisodiy salohiyat, iqtisodiy-statistik tahlil, iqtisodiy ixtisoslashuv, investitsiyalar, sanoat, agrosanoat majmuasi, xizmatlar sohasi, barqaror rivojlanish, Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq, Qonliko‘l.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.