Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 7-san (2026) · 234-239-betler
DAVLAT ISHTIROKIDAGI KORXONALAR UCHUN KORPORATIV BOSHQARUV BO‘YICHA IQTISODIY HAMKORLIK VA TARAQQIYOT TASHKILOTI (IHTT)NING YETAKCHI TAMOYILLARINI O‘ZBEKISTON AMALIYOTIGA JORIY ETISH YO‘NALISHLARI
Jumadullayeva, Durdona
Annotaciya
Mazkur maqolada davlat ishtirokidagi korxonalar uchun korporativ boshqaruv bo‘yicha IHTT rahbariytamoyillarining mazmuni, asosiy yo‘nalishlari hamda ularning O‘zbekiston sharoitidagi amaliy ahamiyati tadqiq etilgan.Tadqiqotda IHTT tomonidan 2024-yilda yangilangan davlat korxonalari uchun korporativ boshqaruv tamoyillari, G20/IHTTkorporativ boshqaruv prinsiplari hamda O‘zbekistonda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilishga oidnormativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. IHTT rahbariy tamoyillari davlatning mulkdor sifatidagi rolini aniq belgilash, davlatkorxonalarining bozor sharoitida teng raqobat yuritishini ta’minlash, kuzatuv kengashlari mustaqilligini kuchaytirish, axborotshaffofligini oshirish hamda barqaror rivojlanish omillarini korporativ boshqaruv tizimiga integratsiya qilishga qaratilgan.O‘zbekiston tajribasi shuni ko‘rsatadiki, davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishda IHTT tamoyillaridan foydalanishdavlat aktivlarini samarali boshqarish, investitsion jozibadorlikni oshirish, korporativ shaffoflikni kuchaytirish va bozormexanizmlarini rivojlantirishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
korporativ boshqaruv, davlat ishtirokidagi korxonalar, IHTT, davlat aktivlari, shaffoflik, kuzatuv kengashi, barqaror rivojlanish, O‘zbekiston
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.