Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-нөмір (2026) · 286-294-беттер
MILLIY HUNARMANDCHILIK SOHASINI HUDUDIY RIVOJLANTIRISHNING INTEGRAL BOSHQARUV MODELI VA UNI BAHOLASH
Yaxshiliqov, Sardor
Аңдатпа
Ushbu maqolada milliy hunarmandchilik sohasini hududiy rivojlantirishning ilmiy-amaliyjihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda hunarmandchilik sohasi madaniy merosni saqlash, aholi bandligini oshirish,turizm salohiyatidan foydalanish, hududiy brendlarni shakllantirish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishningmuhim omili sifatida tahlil qilingan. Maqolada hududlar kesimida hunarmandchilikning rivojlanish holatinibaholash, mavjud tafovutlarni aniqlash hamda boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslash zarurligi asoslab berilgan.Shuningdek, hunarmandlar, davlat boshqaruv organlari, ta’lim muassasalari, turizm subyektlari va xususiysektor o‘rtasidagi funksional aloqalarni yagona tizimga birlashtirishga qaratilgan integral boshqaruv modeliniishlab chiqishning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari milliy hunarmandchilikni hududiy rivojlantirishdaintegral baholash, differensial yondashuv va monitoring tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi
milliy hunarmandchilik, hududiy rivojlanish, integral boshqaruv modeli, hunarmandlar, madaniy meros, turizm, hududiy brend, xususiy sektor, monitoring, integral baholash
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.