Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-нөмір (2026) · 143-150-беттер
O‘QUV MARKAZLARI MISOLIDA ZAMONAVIY VA AN’ANAVIY MARKETINGNING AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Khikmatov, Dilshodjon
Аңдатпа
Mazkur maqolada o‘quv markazlari faoliyatida qo‘llanadigan an’anaviy va zamonaviymarketing yondashuvlari qiyosiy hamda tizimli jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi ikki marketingmodelining auditoriyani jalb qilish, ishonchni shakllantirish, xarajatlarni boshqarish, natijalarni o‘lchashva o‘quvchilarni saqlab qolishdagi imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Ishda qiyosiy tahlil, kontent-tahlil,tizimli yondashuv va ikkilamchi statistik ma’lumotlarni umumlashtirish usullaridan foydalanilgan. Natijalarzamonaviy marketingning segmentlash, tezkor optimallashtirish va analitik kuzatuvdagi ustunligini, an’anaviymarketingning esa mahalliy darajada ishonchni shakllantirish, yuzma-yuz aloqa va jismoniy mavjudlikdagiafzalliklarini ko‘rsatdi. O‘zbekiston ta’lim xizmatlari bozorining xususiyatlari hisobga olinib, an’anaviy aloqanuqtalarini raqamli savdo voronkasi bilan bog‘laydigan gibrid marketing modeli taklif etildi. Maqolaning ilmiyyangiligi marketing kanallarini alohida vositalar sifatida emas, balki mijozning qaror qabul qilish yo‘li va ta’limnatijalari bilan integratsiyalashgan boshqaruv tizimi sifatida talqin qilishdan iborat. Taklif etilgan yondashuvo‘quv markazlariga marketing xarajatlarini o‘lchash, brendga bo‘lgan ishonchni oshirish va barqaror mijozlaroqimini shakllantirish imkonini beradi.
o‘quv markazi, an’anaviy marketing, zamonaviy marketing, raqamli marketing, ta’lim xizmatlari, gibrid marketing, savdo voronkasi, brendga ishonch, mijozlarni saqlab qolish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.