Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 7-san (2026) · 346-350-betler
TASHQI SAVDONI BOZOR NAZARIYASI ASOSIDA MINTAQANING BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI
Ochilova, Dilnoza
Annotaciya
Ushbu ilmiy maqola 2020–2025-yillar oraligʻida tashqi savdoning bozor nazariyalari asosidamintaqaviy barqaror rivojlanishga taʼsiri va uning asosiy omillarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotda tashqisavdo aylanmasining iqtisodiy oʻsish surʼatlariga taʼsiri, eksport va import tarkibidagi oʻzgarishlar hamda mintaqaviyiqtisodiy integratsiyaning barqarorlik koʻrsatkichlari bilan bogʻliqligi tahlil qilinadi. 2020-yildagi global pandemiyainqirozidan soʻng iqtisodiyotning tiklanish davri va 2025-yilga kelib Oʻzbekiston tashqi savdo hajmining 81,2 milliarddollarga yetishi kabi muhim koʻrsatkichlar tahliliy asos sifatida olindi. Maqolada klassik va zamonaviy savdonazariyalari prizmasi orqali mintaqaviy rivojlanishning institutsional va tarkibiy omillari yoritiladi. Shuningdek, xalqarosavdo yoʻlaklarini diversifikatsiya qilish, xizmatlar eksportini oshirish va sanoat mahsulotlari raqobatbardoshliginitaʼminlash orqali barqaror rivojlanishga erishish strategiyalari ilgari suriladi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki,tashqi savdoni liberallashtirish va xalqaro bozor mexanizmlaridan samarali foydalanish mintaqaning makroiqtisodiybarqarorligini taʼminlashda hal qiluvchi rol oʻynaydi.
tashqi savdo, bozor nazariyasi, mintaqaviy rivojlanish, barqarorlik, eksport salohiyati, iqtisodiy oʻsish, Oʻzbekiston, global bozor, investitsiya, diversifikatsiya
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.