Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 7-нөмір (2026) · 485-492-беттер
DAVLAT TIBBIY SUG‘URTASIDA STRATEGIK XARID: PASSIV MOLIYALASHTIRISHDAN STRATEGIK XARIDGA O‘TISHNING NAZARIY ASOSLARI
Kilichev, Fazliddin
Аңдатпа
Sog‘liqni saqlashga ajratiladigan mablag‘larning ko‘payishi tibbiy yordam sifati va aholiningxizmatlardan foydalanish imkoniyatlari avtomatik ravishda yaxshilanishini anglatmaydi. Natija, avvalo, mavjudmablag‘larning qanday taqsimlanishi va ular orqali qanday iqtisodiy rag‘batlar shakllantirilishiga bog‘liq.Tadqiqot strategik xaridning iqtisodiy mohiyatini ochib berish hamda uning passiv xariddan konseptualfarqlarini asoslashga qaratilgan. Tadqiqotda qiyosiy institutsional tahlil va case-study usulidan foydalanildi,passiv hamda strategik xaridning iqtisodiy farqlari baholandi.Turkiya tajribasi yagona xaridor institutining shakllanishi, iqtisodiy rag‘batlarning o‘zgarishi hamda tibbiyxizmat ko‘rsatuvchilar xatti-harakatiga ta’siri nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Tadqiqot natijasida passiv va strategikxaridning iqtisodiy farqlari nazariy jihatdan asoslandi hamda strategik xaridning asosiy tarkibiy elementlaritizimlashtirildi.
davlat tibbiy sug‘urtasi, strategik xarid, passiv xarid, iqtisodiy rag‘batlar, resurslarni taqsimlash, tibbiy xizmatlarga haq to‘lash, agentlik munosabatlari, axborot assimetriyasi, universal sog‘liqni saqlash qamrovi, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.