Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том (2026) · 144-148-беттер
BARQAROR IQTISODIY O‘SISHNI TA’MINLASHDA YASHIL VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI
Sharipboyev, Hasanboy, Sharipov, Kuvondik
Аңдатпа
Ushbu maqolada barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda yashil va raqamlitexnologiyalarning tutgan o‘rni hamda ularning o‘zaro ta’sir mexanizmlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdantadqiq etiladi. Globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash bo‘yichaxalqaro majburiyatlar va resurslardan samarali foydalanish zarurati an’anaviy iqtisodiy o‘sish modellariniqayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Mazkur tadqiqotda qayta tiklanadigan energiya manbalari, energiyasamaradorligi tizimlari va «yashil» infratuzilmani o‘z ichiga olgan yashil texnologiyalar bilan sun’iy intellekt,katta ma’lumotlar tahlili va raqamli platformalardan iborat raqamli texnologiyalar o‘rtasidagi sinergiyatahlil qilinadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning amaliyoti qiyosiy tahlil usuli orqali o‘rganilib,yashil-raqamli ikkilamchi o‘tishning yalpi ichki mahsulot dinamikasiga, bandlik tuzilmasiga va eksportraqobatbardoshligiga ta’siri baholanadi
yashil iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, barqaror rivojlanish, texnologik innovatsiya, iqtisodiy o‘sish, energiya samaradorligi, ikkilamchi o‘tish, davlat iqtisodiy siyosati
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.