Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 8 (2026) · pp. 132-136
OʻZBEKISTONDA QISHLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLISHNING AGRAR IQTISODIY OʻSISHNI TAʼMINLASHDAGI INSTITUTSIONAL ROLI
Shohujayeva, Zebo, Xolov, Javlonbek
Abstract
Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning agrar iqtisodiy oʻsishni taʼminlashdagi oʻrni ilmiyjihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar, statistik maʼlumotlar hamda agrar sohadagiprognoz koʻrsatkichlari asosida roʻyxatga olishning iqtisodiy ahamiyati baholanadi. Tadqiqot natijalariroʻyxatga olish jarayonida shakllantiriladigan maʼlumotlar bazasi resurslardan samarali foydalanish, tarmoqholatini baholash, agrar siyosatni ishlab chiqish hamda iqtisodiy oʻsish prognozlarini shakllantirishda muhimahamiyat kasb etishini koʻrsatadi. Shuningdek, roʻyxatga olish natijalari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash varaqamli qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun muhim axborot manbai ekanligi asoslanadi. Shu bilan birga,roʻyxatga olish samaradorligi maʼlumotlarning sifati hamda ularni boshqaruv tizimiga integratsiya qilishdarajasiga bevosita bogʻliqligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Umuman olganda, qishloq xoʻjaligini roʻyxatgaolish agrar iqtisodiyotda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashning muhim institutsional instrumenti sifatidabaholanadi.
qishloq xoʻjaligi, roʻyxatga olish, agrar iqtisodiyot, iqtisodiy oʻsish, oziq-ovqat xavfsizligi, statistik maʼlumotlar, resurslardan foydalanish samaradorligi, raqamli qishloq xoʻjaligi, prognozlash, agrar siyosat.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.