Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 8-son (2026) · 129-201-betlar
MINTAQANI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA GENERATIV SUN’IY INTELLEKT INFRATUZILMASINING NAZARIY ASOSLARI
Saidov, Jaloladdin
Annotatsiya
Mintaqani barqaror rivojlantirish sharoitida generativ sun’iy intellekt (GenAI) infratuzilmasiningnazariy asoslari, uning iqtisodiy mazmuni hamda hududiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri ilmiy jihatdan tahlilqilingan. Generativ sun’iy intellekt infratuzilmasining tarkibiy elementlari, jumladan, hisoblash resurslari,ma’lumotlar markazlari, bulutli texnologiyalar, ma’lumotlar bazalari, raqamli platformalar va yuqori malakali insonkapitalining o‘zaro bog‘liqligi yoritilgan. Sun’iy intellekt infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy iqtisodiyo‘sish, mehnat unumdorligi, innovatsion faollik, investitsiyaviy jozibadorlik hamda raqamli transformatsiyajarayonlariga ta’siri nazariy jihatdan asoslab berilgan.Generativ sun’iy intellekt infratuzilmasining iqtisodiy samaradorligini baholashda tizimli, institutsional vabarqaror rivojlanish yondashuvlarini integratsiyalash zarurligi asoslangan. Shuningdek, mintaqalarda sun’iyintellekt infratuzilmasini shakllantirish hamda uni bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiluvchi konseptualyondashuv taklif etilgan.
generativ sun’iy intellekt, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellekt infratuzilmasi, mintaqaviy iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, raqamli transformatsiya, iqtisodiy samaradorlik, innovatsiyalar, AI infratuzilmasi, iqtisodiy rivojlanish.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.