Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 8-san (2026) · 202-206-betler
KORXONALARDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Mamajonova, Surayyoxon
Annotaciya
Korxonalarda boshqaruv qarorlarini qabul qilish mexanizmlarining tashkiliy va tahliliyjihatlari o‘rganilgan. Qarorlarning kechikishi, muammoning noto‘g‘ri qo‘yilishi, ma’lumotlar sifatining pastligi,muqobillarning yetarli darajada ishlab chiqilmasligi, vakolat va javobgarlik chegaralarining noaniqligi hamdaijrodan keyingi nazoratning sustligi asosiy tizimli muammolar sifatida ajratilgan. Tadqiqotda kontent-tahlil,qiyosiy tahlil, jarayonli yondashuv, ko‘p mezonli baholash va sezgirlik tahlili usullaridan foydalanilgan. Natijadaqarorlarni muhimlik darajasi bo‘yicha tasniflash, “qaror pasporti”ni shakllantirish, ma’lumotlarni tekshirish,kamida uchta muqobilni ishlab chiqish, mezon va vaznlarni belgilash, risklarni baholash, vakolatli organtomonidan tasdiqlash, ijroni monitoring qilish hamda post-auditni birlashtiruvchi yopiq siklli mexanizm taklifetilgan. Shartli investitsiya holati misolida ko‘p mezonli baholash va riskka sezgirlik tahlili natijalari yoritilgan.Taklif etilgan yondashuv qarorlarning izchilligi, shaffofligi va ijro intizomini oshirishga, shuningdek, korporativbilimlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
boshqaruv qarori, qaror qabul qilish mexanizmi, ko‘p mezonli baholash, risk tahlili, raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt, monitoring, korporativ boshqaruv.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.