Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 8 (2026) · с. 485-490
AKSIYADORLIK JAMIYATLARI INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH AMALIYOTINING TAHLILI
Jumaniyazova, Feruza
Аннотация
O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik jamiyatlarida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishamaliyoti 2021–2024-yillar kesimida tahlil qilindi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi va Markaziybankining rasmiy ma’lumotlari, “Toshkent” Respublika fond birjasining yillik birja tahlillari hamda Yagona korporativaxborot portalida (openinfo.uz) e’lon qilingan emitentlar hisobotlari asosida olib borildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, birjasavdolari hajmi 2021-yildagi 1,26 trln so‘mdan 2024-yilda 21,95 trln so‘mgacha oshganiga qaramay, kotirovkalashvarag‘idagi emitentlar soni 139 tadan 93 taga qisqargan, birlamchi joylashtirishlar esa alohida holatlar bilancheklangan. Bu holat bozorning ikkilamchi segmentida faollik oshgan bo‘lsa-da, aksiyadorlik jamiyatlari uchuninvestitsiya kapitalini jalb etishning muhim vositasi bo‘lgan birlamchi bozor imkoniyatlaridan foydalanish darajasiyetarli emasligini ko‘rsatadi. Tadqiqot doirasida amaliyotdagi asosiy to‘siqlar aniqlanib, ularni bartaraf etish hamdainvestitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlabchiqildi.
aksiyadorlik jamiyati, investitsiya loyihasi, moliyalashtirish amaliyoti, fond birjasi, emitent, birlamchi ommaviy joylashtirish, korporativ obligatsiya, bozor kapitallashuvi, erkin muomaladagi aksiyalar, korporativ axborot oshkoraligi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.