Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-сан (2026) · 447-464-беттер
PAXTA YETISHTIRISHDA QO‘LLANILADIGAN BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIK AMALIYOTLARI: XALQARO ILMIY ADABIYOTLARNING TIZIMLI TAHLILI
Rashitova, Nilufar, Mirkasimov, Baxrom, Karimov, Komiljon, Abduvaliyeva, Nilufar
Аннотация
Paxta 80 dan ortiq mamlakatning turli agroekologik hududlarida yetishtiriladi. Ushbu ekinniyetishtirish katta hajmdagi suv, energiya, kimyoviy o‘g‘itlar sarfini, pestitsid va gerbitsidlardan foydalanishnitalab qilganligi sababli, atrof-muhit va barqarorlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqaradi.Ushbu muammolarga javoban iqtisodiy, ekologik, agronomik barqarorlikni ta’minlovchi barqaror qishloqxo‘jalik amaliyotlari (BQXA) paxta yetishtirish tizimiga joriy etilmoqda. Mazkur amaliyotlarni keng ommagatarg‘ib qilish maqsadida, mazkur tadqiqot paxta yetishtirishda BQXAni qo‘llashning iqtisodiy, ekologik vaagronomik natijalarini adabiyotlarning tizimli tahlili asosida o‘rganishga qaratilgan. Mazkur ishda PRISMAyo‘riqnomasiga asoslangan holda Web of Science ma’lumotlar bazasidagi 2000–2025-yillarda chop etilgan73 ta maqola o‘rganildi. Ushbu xalqaro adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, eng ko‘p qo‘llaniladiganamaliyotlar tomchilatib sug‘orish bo‘lib, undan keyingi o‘rinlarda yerga ishlov berish, ekin ekish, o‘g‘itlashva mulchalash bilan bog‘liq amaliyotlar o‘rin egallaydi. Tanlab olingan adabiyotlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarushbu amaliyotlarning yaqqol iqtisodiy, ekologik va agronomik natijalarini namoyon etadi. Ushbu amaliyotlarqatorida zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullaridan foydalanish kabi amaliyotlar tadqiqotchilarnazaridan chetda qolayotganligi qayd etiladi.
barqaror qishloq xo‘jalik amaliyotlari (BQXA), paxta yetishtirish, adabiyotlar tizimli tahlili
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.