Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 8-son (2026) · 662-666-betlar
SURXONDARYO VILOYATIDA YASHIL IQTISODIYOT ASOSIDA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
Choriyeva, Muattar
Annotatsiya
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining tabiiy-iqlimiy salohiyatidan kelib chiqqan holdayashil iqtisodiyotni rivojlantirish va bu orqali aholi farovonligini oshirish masalalari tahlil qilingan. Tadqiqotdaviloyatning quyosh energiyasi salohiyati, ayniqsa, Sherobod tumanidagi yirik loyihalar va qishloq xo‘jaligidasuv tejovchi texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligi o‘rganilgan. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki,Surxondaryo viloyatida quyoshli kunlarning ko‘pligi (yiliga 280–300 kun) qayta tiklanuvchi energiya manbalarinijoriy etish uchun ulkan imkoniyat yaratadi. Maqolada yashil texnologiyalarning yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga,yangi ish o‘rinlari yaratilishiga va aholi daromadlarining barqarorligiga ta’siri ekonometrik va statistik tahlillaryordamida yoritib berilgan. Shuningdek, yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etishbo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
yashil iqtisodiyot, Surxondaryo, aholi farovonligi, quyosh energiyasi, suv tejovchi texnologiyalar, Sherobod QFS, barqaror rivojlanish, innovatsiya
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.