Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-сан (2026) · 30-39-беттер
ISTE’MOLCHILAR ORASIDA IJTIMOIY TARMOQLARDAGI QISQA FORMATLI VIDEOKONTENTNING IMPULSIV XARID XATTI-HARAKATLARIGA TA’SIRI
Balxiboyeva, Ra’no
Аннотация
Maqolada TikTok, Instagram Reels, YouTube Shorts va boshqa platformalarda tarqaladiganqisqa formatli videokontentning iste’molchilarning impulsiv xarid xatti-harakatlariga ta’sir mexanizmi nazariy vaamaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi qisqa videolarning kontent, platforma va axborot manbaibilan bog‘liq xususiyatlari xarid impulsini qaysi psixologik kanallar orqali kuchaytirishini aniqlash, mavjud empirikdalillarni tizimlashtirish hamda O‘zbekiston ijtimoiy tijorat bozori uchun mas’uliyatli marketing va iste’molchilarnihimoya qilish yechimlarini ishlab chiqishdan iborat. Metodologiya sifatida 1974–2025-yillarda chop etilganfundamental va zamonaviy ilmiy ishlarning maqsadli analitik sintezi, S–O–R modeli asosida sababiy xaritalash,qiyosiy-huquqiy tahlil va kontent tahlili qo‘llanildi. Natijada ta’sir omillari uch guruhga — kontent stimullari,platforma stimullari va manba stimullariga, ichki mexanizmlar esa affektiv faollashuv, ijtimoiy tasdiq vailhomlanish, kognitiv qisqarish hamda iste’molchi zaifligiga ajratildi. Ilmiy yangilik sifatida xarid impulsi bilan realrejalashtirilmagan xaridni farqlovchi, postxarid pushaymonligini teskari aloqa sifatida hisobga oluvchi va himoyafriksiyalarini moderator sifatida kirituvchi integrallashgan model taklif etildi. Xulosalar reklama samaradorliginioshirish bilan birga, yolg‘on taqchillik, yashirin reklama va manipulyativ dizaynni cheklash zarurligini ko‘rsatadi
qisqa formatli video; impulsiv xarid; ijtimoiy tijorat; S–O–R modeli; algoritmik shaxsiylashtirish; ijtimoiy dalil; iste’molchi zaifligi.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.