Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-tom 8-san (2026) · 68-75-betler
XALQARO OLIY TA’LIM TIZIMLARIDA UNIVERSITET BOSHQARUVINING TRANSFORMATSIYASI: INSTITUTSIONAL AVTONOMIYA, HISOBDORLIK VA STRATEGIK BOSHQARUV MODELLARI
Tursunmuratov, Sherzod
Annotaciya
Maqolada globallashuv, raqamli transformatsiya va xalqaro akademik raqobat sharoitidauniversitet boshqaruvining evolyutsiyasi nazariy-qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi davlatnazoratidan strategik yo‘naltirishga o‘tish jarayonini, institutsional avtonomiyaning tashkiliy, moliyaviy,kadrlar va akademik o‘lchovlarini hamda ularning hisobdorlik va strategik boshqaruv bilan o‘zaro bog‘liqliginitizimlashtirishdan iborat. Qiyosiy-tahliliy yondashuv, kontent-tahlil, nazariy umumlashtirish va konseptualmodellashtirish usullaridan foydalanildi. Yevropa universitetlari tajribasi, Angliya va Janubiy Koreyadagiboshqaruv tendensiyalari hamda O‘zbekistondagi 2026-yilgacha bo‘lgan islohotlar kontekstida avtonomiyava hisobdorlikning muvozanatli modeli tahlil qilindi. Natijada “institutsional avtonomiya – strategik boshqaruvsalohiyati – hisobdorlik va sifat kafolati – xalqaro institutsional salohiyat” komponentlarini yagona tizimdabirlashtiruvchi integrativ model taklif etildi. Modelning ilmiy yangiligi xalqaro institutsional salohiyatni avtonomiyava strategik boshqaruv o‘rtasidagi alohida tashqi imkoniyatlar bloki sifatida kiritish hamda universitet natijadorliginiushbu komponentlarning o‘zaro uyg‘unligi orqali izohlashdan iborat
xalqaro ta’lim menejmenti, universitet boshqaruvi, institutsional avtonomiya, strategik boshqaruv, hisobdorlik, akademik erkinlik, steykholderlar, sifat kafolati, xalqaro raqobatbardoshlik.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.