Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-нөмір (2026) · 128-133-беттер
TIJORAT BANKLARIDA KREDITLASH AMALIYOTI SAMARADORLIGINI BAHOLASH MEZONLARI VA KO‘RSATKICHLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Turdiyev, Eralijon
Аңдатпа
Tijorat banklarida kreditlash amaliyoti samaradorligini baholashning ilmiy-nazariy va uslubiy jihatlaritadqiq etilgan. Kreditlash samaradorligini baholashda amaliyotda qo‘llanilayotgan an’anaviy moliyaviy ko‘rsatkichlarningimkoniyatlari va cheklovlari yoritilib, kredit faoliyati natijadorligini faqat kredit portfeli hajmi, foizli daromadlar yoki muammolikreditlar ulushi asosida baholash yetarli emasligi asoslab berilgan. Kreditlash amaliyoti samaradorligini ko‘p mezonliyondashuv asosida baholash zaruratidan kelib chiqib, moliyaviy natijadorlik, kredit portfeli sifati, kredit riski darajasi,resurslardan foydalanish samaradorligi, operatsion samaradorlik hamda kreditlash jarayonining mijozlarga yo‘naltirilganlikdarajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni yagona tizimda shakllantirish taklif etilgan. Kreditlash samaradorligini baholashmezonlarini iqtisodiy mazmuniga ko‘ra guruhlash, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aniqlash hamda bank kredit siyosatigaoid boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ulardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida kreditlashamaliyoti samaradorligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvishlab chiqilgan.
tijorat banki, kreditlash amaliyoti, kreditlash samaradorligi, baholash mezonlari, ko‘rsatkichlar tizimi, kredit portfeli, kredit riski, kredit portfeli sifati, moliyaviy samaradorlik, operatsion samaradorlik, resurslardan foydalanish samaradorligi, kredit siyosati
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.