Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 8-son (2026) · 112-120-betlar
JIZZAX VILOYATI TURIZMINING RIVOJLANISH DINAMIKASI, TUZILMASI VA ISTIQBOLLARI (2016–2024-YILLAR)
Mamadiyorov, Adhamjon
Annotatsiya
Maqolada Jizzax viloyati turizmining 2016–2024-yillardagi rivojlanish dinamikasi, oqim tuzilmasiva istiqbollari Oʻzbekiston Respublikasi Statistika agentligining rasmiy maʼlumotlari asosida tahlil qilingan. Tadqiqotdadinamik qatorlar, oʻsish surʼati, bazaviy indeks va oʻrtacha kattaliklar usullaridan foydalanilgan. Joylashtirilgan shaxslarva tunab qolishlar soni, oʻrtacha qolish muddati hamda oʻsish surʼatlari boʻyicha asosiy tendensiyalar aniqlangan.Tahlil natijasida viloyat turizmi rivojlanishida uch bosqich – nisbiy turgʻunlik (2016–2019), pandemiya inqirozi (2020–2021) va jadal tiklanish (2022–2024) ajratilgan. 2024-yilga kelib asosiy koʻrsatkich (joylashtirilgan shaxslar soni)pandemiyagacha boʻlgan darajadan 70 foizga oshgani, biroq bu oʻsish, asosan, ichki turistik oqim hisobiga roʻybergani koʻrsatilgan. Turistik oqim tarkibida xorijiy sayyohlar ulushi past (2,2–4,3 foiz) boʻlib qolayotgani, oʻrtacha qolishmuddatining qisqarishi esa qisqa muddatli safarlar ulushi ortayotganidan dalolat berishi asoslangan. Shuningdek,hududiy dasturlar asosida viloyat turizmini rivojlantirish istiqbollari baholangan. Tahlil natijalari asosida viloyat turizminirivojlantirish, ayniqsa, koʻp kunlik va kirish (xorijiy) turizmini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan
tourism, regional tourism, regional development, tourist flow, accommodation facilities, growth rates, average length of stay, domestic tourism, pandemic impact, tourism prospects, Jizzakh region
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.