Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 8 (2026) · pp. 628-634
TRANSPORT SOHASIDA AYOLLAR BANDLIGINI TA‘MINLASHNING INTEGRATSIYALASHGAN BOSHQARUV MODELINI TAKOMILLASHTIRISH HAMDA AYOLLARNING IQTISODIY HOLATIGA TA‘SIRINI BAHOLASH: RIDE-HAILING (RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI YO‘LOVCHI TASHISH) XIZMATLARI MISOLIDA
Abdukarimova, Dilnozaxon
Abstract
Mazkur maqolada transport sohasida ayollar bandligini ta’minlashning integratsiyalashganboshqaruv modelini takomillashtirish hamda uning ayollarning iqtisodiy holatiga ta’sirini baholash masalalariride-hailing xizmatlari misolida tahlil qilingan. Maqolada ayollarning transport sohasidagi iqtisodiy faolliginioshirish hamda inson kapitalidan samarali foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Xalqarotajriba, xususan, Uber va boshqa ride-hailing platformalari faoliyati hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi(International Finance Corporation, IFC) hisobotlari asosida ayollarni haydovchilik faoliyatiga jalb etishga ta’siretuvchi omillar, mavjud to‘siqlar va ularni bartaraf etish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonRespublikasidagi ishsiz ayollar soni, taksi agregatorlari faoliyati va o‘zini o‘zi band qilgan ayol haydovchilarsoniga oid statistik ma’lumotlar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida transport sohasida ayollar bandligini oshirishgaqaratilgan integratsiyalashgan boshqaruv modelini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarishlab chiqilgan.
transport, ayollar bandligi, integratsiyalashgan boshqaruv modeli, gender tengligi, inson kapitali, ayol haydovchilar, ride-hailing xizmatlari, taksi agregatorlari
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.