Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 8 (2026) · с. 542-555
ATMOSFERA IFLOSLANISHINING QISHLOQ XO‘JALIGI HOSILDORLIGIGA TA’SIRI: HUDUDIY STATISTIKA ASOSIDAGI PANEL TAHLILI VA METODOLOGIK MUAMMOLAR
Eshpulatov, Dostonbek
Аннотация
O‘zbekiston Respublikasining 13 ta hududi bo‘yicha 2010–2024-yillarni qamrab olganbalanslashgan panel ma’lumotlar (N = 195) asosida statsionar manbalardan atmosferaga chiqarilganifloslantiruvchi moddalarning dehqonchilik mahsulotlari hajmiga ta’siri baholangan. Ikki tomonlama qat’iyeffektlar modeli, taqsimlangan lag spetsifikatsiyasi hamda birinchi farqlar modeli natijalariga ko‘ra, emissiyakoeffitsiyenti barcha spetsifikatsiyalarda manfiy ishoraga ega bo‘lsa-da, statistik jihatdan noldan sezilarlidarajada farq qilmagan (β = –0,010; hududlar bo‘yicha klasterlangan standart xato = 0,023). Statistik quvvattahlili mavjud tanlanmada 80 foizlik statistik quvvat bilan aniqlanishi mumkin bo‘lgan minimal effekt 6,4foizni tashkil etishini ko‘rsatgan. Bu ko‘rsatkich xalqaro ilmiy adabiyotlarda qayd etilgan hosil yo‘qotishlaridarajasidan sezilarli darajada yuqori. Tapio dekapling tahlili natijalariga ko‘ra, 13 ta hududning 7 tasidaemissiya va dehqonchilik mahsulotlari hajmi o‘rtasida kuchli uzilish, 5 tasida esa kengayuvchi salbiy uzilishholati aniqlangan. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati statistik jihatdan ahamiyatsiz natijaning uchta tizimli sababinianiqlash bilan belgilanadi: emissiya massasining ta’sir dozasini ifodalovchi zaif proksi ko‘rsatkich ekanligi,viloyat darajasidagi agregatsiya natijasida ifloslanishning fazoviy gradiyenti yo‘qolishi hamda ishlab chiqarishhajmining hosildorlikdan farqli ravishda ekin maydonlari siyosatiga bog‘liqligi. Olingan natijalar asosida milliyekologik-iqtisodiy monitoring tizimini takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
atmosfera emissiyasi, statsionar manbalar, dehqonchilik mahsulotlari, panel ma’lumotlar, qat’iy effektlar modeli, statistik quvvat, ekologik xatolik, dekapling, yashil iqtisodiyot
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.