Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том (2026) · 627-630-беттер
RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ASALARICHILIK TARMOG‘INI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING INNOVATSION YO‘NALISHLARI
Farmanov, Jonibek
Аңдатпа
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyot sharoitida asalarichilik tarmog‘ini barqarorrivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Asalarichilik nafaqat asal va boshqa asalarichilikmahsulotlarini ishlab chiqaruvchi iqtisodiy tarmoq, balki qishloq xo‘jaligi ekinlarini changlatish, oziq-ovqatxavfsizligini ta’minlash va agroekotizimlarning ekologik barqarorligini saqlashda muhim ahamiyatga egabo‘lgan strategik yo‘nalish sifatida baholangan. Tadqiqotda IoT sensorlari, aqlli uya texnologiyalari, kattama’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv vositalarini asalarichilikkajoriy etish imkoniyatlari tahlil qilingan. Xorijiy, MDH va O‘zbekiston olimlarining ilmiy yondashuvlari qiyosiytahlil qilinib, raqamli texnologiyalar, iqlim omillari va iqtisodiy samaradorlikni yagona tizimda birlashtirishbo‘yicha ilmiy bo‘shliq aniqlangan. Shu asosda “Raqamli asalarichilik modeli” taklif etilib, uning raqamlimonitoring, tahlil va boshqaruv, barqaror iqtisodiy natijalar hamda amaliy joriy etish yo‘nalishlari asoslabberilgan.
raqamli iqtisodiyot, asalarichilik, IoT, aqlli uya, katta ma’lumotlar, sun’iy intellekt, raqamli monitoring, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy samaradorlik, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv, raqamli klaster.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.