Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Volume 4 Issue 8 (2026) · pp. 288-294
TIJORAT BANKLARIDA FOIZ SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING AMALIY JIHATLARI
Orifova, Dilnoza
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston tijorat banklarida foiz siyosatining amaliy holati hamdaMarkaziy bank monetar siyosatining tijorat banklari kredit foiz stavkalariga uzatilish samaradorligi tadqiq etilgan. Tadqiqotda 2020–2025-yillar davomida shakllantirilgan oylik statistik ma’lumotlar asosida Markaziy bankning asosiy stavkasi va yuridik shaxslarga ajratilgan uzoq muddatli kreditlarning o‘rtacha tortilgan foizstavkasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ekonometrik jihatdan baholangan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida ARDL (Autoregressive Distributed Lag) modeli va unga asoslangan Bounds testi hamda Error Correction Modelqo‘llanilgan. Mazkur yondashuv orqali asosiy stavka o‘zgarishlarining kredit foiz stavkalariga qisqa va uzoqmuddatli ta’siri, foiz stavkasi pass-through koeffi tsienti hamda muvozanat holatiga qaytish tezligini aniqlash nazarda tutilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida monetar siyosatning foiz kanali orqali tijorat banklari kredit stavkalariga ta’sirining kuchi va tezligini baholash, shuningdek, banklarning foiz siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.
tijorat banklari, foiz siyosati, monetar siyosat, Markaziy bankning asosiy stavkasi, kredit foiz stavkasi, uzoq muddatli kreditlar, foiz stavkasi pass-through, monetar transmissiya mexanizmi, ARDL modeli, Bounds testi, Error Correction Model
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.