Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-сан (2026) · 308-313-беттер
TOSHKENT VILOYATIDA ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA KICHIK BIZNESNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA HUDUDIY DIFFERENSIATSIYASI.
Salimov, Burxoniddin
Аннотация
Maqolada Toshkent viloyati ishlab chiqarish sohasida kichik biznesning rivojlanish tendensiyalariva hududiy differensiatsiyasi baholangan. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes sanoat mahsuloti hajmi, jamisanoatdagi ulushi, investitsiya faolligi va hududiy ixtisoslashuv o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdan iborat. Dinamik,qiyosiy, tarkibiy va indeks usullari qo‘llanildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari sanoatmahsuloti 2024-yil yanvar–martda 5 602,7 mlrd so‘mdan 2025-yilning shu davrida 7 946,8 mlrd so‘mga yetgan.Nominal hajm 41,8 foizga oshgan bo‘lsa-da, narx va statistik metodologiya ta’sirini hisobga olgan rasmiy o‘sishsur’ati 104,3 foizni tashkil etgan; kichik biznesning jami sanoatdagi ulushi 26,0 foiz bo‘lgan. Natijalar sanoat faolligitransport-logistika, energiya va yirik korxonalar buyurtmalariga yaqin hududlarda yuqori, resurs va bozorga kirishcheklangan tumanlarda esa pastroq bo‘lishini ko‘rsatadi. Hududlarni “sanoat yadrosi”, “agrosanoat qayta ishlash”,“Toshkent aglomeratsiyasi ta’siri” va “sanoatlashuv zaxirasi” guruhlariga ajratish taklif qilindi.
kichik biznes, ishlab chiqarish, sanoat, hududiy differensiatsiya, joylashtirish, ixtisoslashuv, Toshkent viloyati.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.