Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 8 (2026) · с. 11-27
HUDUDIY ISLOHOTLARNING IJTIMOIY-IQTISODIY NATIJADORLIGI: TAQQOSIY TAHLIL VA AMALIY KEYSLAR
Qurbonov, Sherzod, Farmonov, Sanjar
Аннотация
Maqolada Yangi O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan hududiy ijtimoiyiqtisodiyislohotlar, xususan, kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini oshirish borasida erishilgan natijalartahlil qilingan. Tadqiqotda respublika miqyosidagi umumiy ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda Navoiy, Xorazm,Namangan, Buxoro, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkentshahrida kambag‘allik darajasining o‘zgarishi qiyosiy o‘rganilgan. Shuningdek, Surxondaryo viloyatiningUzun va Denov tumanlari misolida ajratilgan moliyaviy resurslar, jalb qilingan investitsiyalar, tashkil etilgankorxonalar, amalga oshirilgan mikroloyihalar va aholi daromadlaridagi o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tadqiqotningmaqsadi hududiy islohotlar samaradorligini statistik ma’lumotlar asosida baholash, hududlar o‘rtasidagitafovutlarni aniqlash, natijalarga ta’sir etuvchi iqtisodiy va boshqaruv omillarini ochib berishdan iborat. Tahlilhududiy rivojlanish natijalari nafaqat ajratilgan moliyaviy resurslar hajmiga, balki hududning iqtisodiy sharoiti,resurslarning manzilli yo‘naltirilishi va mahalliy boshqaruv sifatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatadi. Shu asosdahududiy dasturlarni natijaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholash, ma’lumotlar ochiqligini kengaytirish hamdahududlarning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan
hududiy islohotlar, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi, hududlararo tafovutlar, mahalla loyihasi, mikroloyihalar, mahalliy boshqaruv, hududiy rivojlanish, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.