Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-jild 8-son (2026) · 450-455-betlar
SOGʻLIQNI SAQLASHNING YAGONA RAQAMLI EKOTIZIMIDA KIBERXAVFSIZLIK RISKLARINI BOSHQARISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH
Turayeva, Nafisa
Annotatsiya
Mazkur maqolada sogʻliqni saqlashning yagona raqamli ekotizimida kiberxavfsizlikrisklarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish masalalari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotdaxalqaro standartlar, meʼyoriy hujjatlar va ochiq statistik maʼlumotlar asosida tahdidlar tuzilishi tizimlashtirildi.Boshqaruv qatlami, operatsion kontur va qayta aloqa mexanizmini birlashtiruvchi model ishlab chiqildi.Risklarni ehtimollik, taʼsir va aktiv kritiklik darajasi boʻyicha baholash hamda himoya choralarini xarajat-samaramezoni asosida ustuvorlashtirish taklif etildi. Natijalar metodologiya resurslarni oqilona taqsimlash, tibbiymaʼlumotlar himoyasini kuchaytirish, xizmatlar uzluksizligini taʼminlash va ekotizim barqarorligini oshirishimkonini berganini koʻrsatdi. Risk reyestrini ekotizim miqyosida yuritish va monitoring koʻrsatkichlarini yagonatizimga uygʻunlashtirish zarurligi asoslandi. Ushbu yondashuv boshqaruv qarorlarini dalillarga asoslash,kadrlar tayyorgarligini kuchaytirish va xavfsizlik investitsiyalarining amaliy samaradorligini oshirishga xizmatqilgani aniqlandi
raqamli sogʻliqni saqlash, kiberxavfsizlik, risklarni boshqarish, raqamli ekotizim, tibbiy maʼlumotlar, monitoring, xarajat-samara, axborot xavfsizligi.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.