Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-нөмір (2026) · 504-509-беттер
AYOLLAR TADBIRKORLIGI VA GENDER TENGLIGI: XITOY VA OʻZBEKISTON MEHNAT BOZORLARI TRANSFORMATSIYASI MISOLIDA
Xasanova, Shaxzoda
Аңдатпа
Ayollar tadbirkorligining rivojlanishi mehnat bozori transformatsiyasi sharoitida gendertengligiga erishishning muqobil mexanizmi sifatida Xitoy va O‘zbekiston tajribasi misolida qiyosiy tahlil qilinadi.Tadqiqotning maqsadi har ikki mamlakatda an’anaviy yollanma mehnat bozorida gender tafovuti saqlanibqolayotgan bir sharoitda tadbirkorlik ayollarning iqtisodiy mustaqilligini oshirishning qay darajada samaralivositasi bo‘la olishini aniqlashdan iborat. Mualliflik yondashuviga ko‘ra, ayollar tadbirkorligining muvaffaqiyatinigender tengligini ta’minlovchi kengroq institutsional muhitdan, jumladan, parvarishlash yuklamasi, moliyaviyxizmatlardan foydalanish imkoniyatlari va huquqiy tizimdan ajratilgan holda baholab bo‘lmaydi. Tadqiqotningilmiy yangiligi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston bo‘yicha 2025-yilgi keng ko‘lamli so‘rov va fokus-guruhtadqiqoti (4 019 respondent) ma’lumotlarini Xitoy tajribasi hamda xalqaro ilg‘or amaliyotlar (Finlyandiya vaShimoliy Makedoniya) bilan yagona tizim doirasida qiyosiy tahlil qilishdan iborat. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun asosiy to‘siq moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatidan ko‘ra, ishva oilaviy majburiyatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan bog‘liqligi asoslab berilgan
ayollar tadbirkorligi, mehnat bozori transformatsiyasi, gender tengligi, Xitoy, O‘zbekiston, parvarishlash iqtisodiyoti, institutsional qo‘llab-quvvatlash, Women, Business and the Law
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.