Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт Том 4 № 8 (2026) · с. 652-657
IJTIMOIY TARMOQLARDAGI MARKETING KONTENTINING ISTE’MOLCHILARNING XARID QILISH NIYATIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Tilavkobilova, Mehriniso
Аннотация
Mazkur maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi marketing kontentining iste’molchilarning xarid qilishniyatiga ta’siri baholangan. Tadqiqotda marketing kontentining axborotliligi, jozibadorligi, interaktivligi va iste’molchigamosligi asosiy ta’sir etuvchi omillar sifatida tanlangan. Empirik tahlil ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadigan 200nafar respondent o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida amalga oshirilgan. Ma’lumotlarni tahlilqilishda tavsifiy statistika, Cronbach’s Alpha koeffitsiyenti, Pearson korrelatsiya tahlili va ko‘p omilli regressiyausullaridan foydalanilgan. Natijalar marketing kontentining barcha o‘rganilgan xususiyatlari iste’molchilarningxarid qilish niyati bilan ijobiy va statistik jihatdan ahamiyatli bog‘liqlikka ega ekanligini ko‘rsatgan. Iste’molchigamoslashtirilgan kontent xarid qilish niyatiga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida aniqlangan. Tadqiqot yakunidakorxonalarning ijtimoiy tarmoqlardagi marketing kontentini auditoriya ehtiyojlariga moslashtirish, uning axborotliligiva interaktivligini oshirish hamda kontent samaradorligini muntazam baholab borish bo‘yicha amaliy takliflar ishlabchiqilgan.
ijtimoiy tarmoqlar, marketing kontenti, raqamli marketing, iste’molchi xulqi, xarid qilish niyati, interaktivlik, axborotlilik, personalizatsiya, ijtimoiy media marketingi.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.