Яшил иқтисодиёт ва тараққиёт 4-том 8-сан (2026) · 705-712-беттер
BANK DAROMADLARI BARQARORLIGINING KAPITALLASHUV DARAJASIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Tursunov, Mustafo
Аннотация
Maqolada tijorat banklari daromadlari barqarorligining ularning kapitallashuv darajasiga ta’siriO‘zbekiston bank sektori misolida empirik baholangan. Tadqiqot 2020–2024-yillar uchun bank aktivlarining90 foizdan ortig‘ini qamrab oluvchi 20 ta tijorat bankining yillik moliyaviy ko‘rsatkichlaridan shakllantirilganbalanslashgan panel ma’lumotlar bazasiga (100 ta bank-yil kuzatuvi) asoslanadi. Daromad barqarorligiaktivlar rentabelligining uch yillik siljuvchi standart chetlanishi asosida hisoblangan indeks orqali o‘lchangan.Regression tahlil natijalari daromad barqarorligining kapitallashuv darajasiga ta’siri bir ma’noli emasliginiko‘rsatdi: barqarorlik kapital yetarliligi koeffitsientining darajasini emas, balki uning shakllanish manbalaritarkibini belgilaydi. Daromadlari barqaror banklarda kapital o‘sishining ichki (foyda hisobidan) manbalari ulushisezilarli darajada yuqori bo‘lib, tashqi kapital inyeksiyalariga bog‘liqlik pastdir. Shu bilan birga, barqarorlikningo‘zi yetarli emas: past, ammo barqaror daromadga ega banklar guruhida ichki kapitallashuv sur’ati sektoro‘rtachasidan past bo‘lib qolmoqda.
bank kapitali, kapitallashuv darajasi, daromad barqarorligi, foyda volatilligi, ichki kapitallashuv, aktivlar rentabelligi, kapital yetarliligi, panel regressiya, moliyaviy barqarorlik
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.